+998912851312
ziyomuhamad90@gmail.com
Biz bilan bo'ling:

Stansiya tarixi

AKADEMIK MAHMUD MIRZAYEV NOMIDAGI BOGʻDORCHILIK, UZUMCHILIK VA VINOCHILIK ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI FARGʻONA ILMIY-TAJRIBA STANSIYASI.

1946-yil bahorida oʻsha paytdagi Oʻzbekiston rahbari Usmon Yusupov Fargʻonaga keladi. U oʻzi bilan birga yosh olim bogʻdorchilik ustasi Mahmud Mirzayevni ham olib kelgan edi. Ular Toshloqlik mashxur rais Rayimberdi Toʻxtaboyevni ham olib, Arsif dashtlari tomon yoʻl olishdi. Dashtning qoq oʻrtasida Margʻilon ipakchilik kombinatining yordamchi xoʻjaligi joylashgan boʻlib, kuzda sepilgan piyozlar endigina nish urib qolgan edi.

Usmon Yusupov Rayimberdi nima deysan, shu yerlarda bogʻ yaratib boʻlarmikin”, deb savol berdi. Rais oʻz fikrida ikkilangan boʻlib, aniq javob bera olmaganligi uchun rahbar xuddi shu savol bilan Mahmud Mirzayevga yuzlandi. Yosh olim bu yerga nima uchun kelayotganini oldindan bilganligi uchun ishonch bilan soʻz boshladi. “Mana marhamat manabu giyox yomgʻir suvida unib chiqqan uzum niholi, urugʻi qushni jigʻildonida kelib qolgan. Demak, uzum shunday dashtda tosh orasida koʻkarib tomir otib yashayaptimi, parvarish qilinsa boshqa mevalarni ham yetishtirsa boʻladi” deb javob qilgan.

Darxaqiqat oradan bir yil oʻtmay qir bagʻrida respublika bogʻdorchilik, uzumchilik ilmiy tekshirish institutining tayanch punkti ish boshladi. Tayanch punkti tadqiqotchilariga shagʻalli toshloq yerlarda oʻrik yetishtirish agrotexnikasi, xuddi shunday sharoitda oʻsadigan danakli mevalar navlarini tanlash vazifasi topshirilgan edi. Xuddi shu yili tayanch punktiga institutning ilmiy xodimi L.I.Sautin rahbar etib tayinlandi. Tayanch punktida 1952-yilgacha boʻlgan davr ichida dasht zonasida oʻrikning 47 navi, olmaning 8 navi, olchaning 21 navidan iborat kolleksiya bogʻlari yaratildi. Birinchi natijalarga erishilgandan keyin hukumatning 1950-yil qarori bilan 363 gektar dasht shagʻallik yerlar tayanch punkti ixtiyoriga, tajriba sinov ishlarini olib borish uchun ajratib berildi.

Ilmiy-tajriba stansiyasining asosiy vazifasi meva-uzum, sitrus, subtropik, meva-rezovor, yongʻoq mevalilar va uzum koʻpaytirish, iqlim sharoitiga mos hosildor, sifatli navlarini ajratib olib, ishlab chiqarishga tavsiya etish, noyob belgilarini mujassamlashtirgan navlar bilan sunʼiy chatishtirish orqali sifatli, serhosil, navlarni yaratish, xorijiy davlatlar bilan hamkorliklar qilish, ilm-fan yutuqlaridan toʻla foydalangan holda bogʻdorchilik va uzumchilik sohasidagi yangiliklarni hamda sifatli koʻchatlarni yetkazib berish hisoblanadi.

Ilmiy tajriba stansiyasining 77 yillik tarixi davomida 200 gektarga yaqin maydonda ona va kolleksiya bogʻlari yaratilgan, 372 ta nav boʻyicha izlanishlar olib borilgan, Yaponiya va Turkiya davlatlari bilan hamkorlikda zamonaviy modul bogʻlari tashkil qilingan.

 

Mavjud koleksiya bogʻlarida oʻrikning 145 ta, shaftolining 45 ta, olxoʻrining 14 ta, gilosning 15 ta, olmaning 42 ta, nokning 24 ta, behining 34 ta, uzumning 28 ta, qulupnayning 18 ta va smorodinaning 7 ta navi boʻyicha tadqiqotlar olib borilgan.

2008-2011-yillar davomida oʻrikning “Bobo Rajabi”, shaftolining “Muyassar”, behining “Mushk bexi” navlari, rezavorlardan qulupnayning “Kobra” navi yaratilgan va Qishloq xoʻjaligi ekinlari reyestriga kiritilgan.

2011-yil Serbiya davlatidan stansiyada intensiv bogʻdorchilikni rivojlantirish, intensiv urugʻli koʻchatlarni koʻpaytirish maqsadida 2011-yil Serbiya davlatidan olmaning pakana M-9, yarim pakana MM-106, gilosning Maxcima-14, KAP , shaftolining GF – 677 payvandtaglari hisobiga onalik parxama maydonlari tashkil qilinib, mahaliy sharoitga mosligi boʻyicha izlanishlar olib borilgan.

Yaponiya bogʻbonlari bilan hamkorlik natijasida 2015-2017-yillarda “Shaftolidan yuqori, sifatli hosil olishda Yaponiya-Oʻzbekiston intensiv bogʻdorchiligi tajribalarini takomillashtirish” mavzusida amaliy loyiha amalga oshirilgan boʻlib, Fargʻona vodiysining unumdorligi past yerlari sharoitida koʻchli ildiz tizimiga ega boʻlgan, kuchli shoxlanuvchi shaftoli daraxtiga uygʻunlashgan usulda shakl berish va yozgi, koʻk novdalarni butash orqali koʻchatlarni zich, 5x2 sxemada, har gektar maydon hisobiga 1000 tupgacha joylashtirib, intensiv bogʻ yaratish mumkinligi asoslab berilgan.

Tuproq-iqlim sharoitiga mos keladigan, shuningdek yuqori hosil beradigan kasallik va zararkunandalarga chidamli, qurgʻoqchilikka va boshqa omillarga bardosh beradigan pakana boʻyli nok va behi payvandtaglarini tanlab olingan. Behi koʻchatlari tayyorlash uchun eng yaxshi payvandtag sifatida Anjeranskiy nav payvandtagi, nok koʻchatlari yetishtirishda esa “A” tipidagi payvandtaglari aniqlanib, tavsiya qilingan. Nokning Lesnaya Krasavitsa va Lyubimitsa Klappa navlarining “A” tipidagi payvandtagga ulanganda, ulangan kurtaklarning 90 foizi koʻklashi aniqlangan.

Stansiyada 2018-2020-yillar davomida QH-A-QH-2018-254, “ Fargʻona viloyati tuproq-iqlim sharoitida mahalliy va chetdan keltirilgan meva navlarining ekologik sinovini oʻtkazish asosida yuqori hosilli, kasallik va zararkunandalarga chidamli meva va rezavor ekinlarining shakllarini aniqlash hamda yangi navlarni yaratish” ilmiy-amaliy loyixa boʻyicha izlanishlar olib borildi. Uch yillik tadqiqotlar yakuniy xulosalariga asosan uch xil mevaning yangi navlari olmaninig “Soʻx malikasi”, bexining “Olmabexi”, oʻrikning “Chimiyon Ergashqandak” navlari yaratilib respublika xududlarida ekish uchun nav sinash markazi tamonidan tegishli xujjatlar rasmiylashtirilib, 2021-yil 7-yanvarda nav guvohnomalari olindi va qishloq hoʻjaligi ekinlari Davlat reyestri roʻyxatiga kiritildi.

 

Ushbu navlardan hozirgi kunda nafaqat viloyatimizda balki respublikamizda bogʻlar barpo qilinib, meva mahsulotlari eksport koʻlami yildan yilga oshib bormoqda.

Stansiya ilmiy xodimlari tomonidan turli payvandtaglarda tayyorlangan navlarning koʻchatlarini tuproq-iqlim sharoitiga mos tarzada joylashtirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish maqsadida turli payvandtagli olmaning Golden delishes navi misolida 4 xil variantda 5x1 m, 5x2 m, 5x3 m, 5x5 m (M-9, MM-106, interkalyar payvandtagli, urugʻ payvandtag) sxemada ekilib koʻp yillik dala tajribasiga asos solindi. Hozirgi kunda ushbu tajriba boʻyicha dastlabki kuzatuv ishlari olib borilmoqda.

2022-yili noyob, yoʻqolib ketish xavfi boʻlgan qandak oʻrikning 7 xil navi koʻchatlari ekilib, kolleksiya bogʻi tashkil qilindi. Shuningdek shaftolining 35 xil navidan iborat yangi kolleksiya bogʻ yaratildi.

Anorning 36 xil navlari olib kelinib, 0,25 gektar maydonda koleksiya bogʻi barpo qilinib parvarish qilinmoqda. Ushbu navlar ichidan mahalliy sharoitga mos, yuqori hosilli navlarining tanlab olish ishlari olib borilmoqda.

Hozirgi kunda stansiyada bir nafar qishloq hoʻjaligi fanlari nomzodi, uch nafar ilmiy xodimlar, bir nafar doktorant va bir nafar mustaqil tadqiqotchi faoliyat yuritib kelmoqda. “Fargʻona viloyati tuproq-iqlim sharoitida mahalliy va chetdan keltirilgan navlar asosida barpo qilingan oʻrik, shaftoli, olma va anor kolleksiya bogʻlarida turli navlarning ekologik sinovini oʻtkazish asosida hosildor, mevasi yuqori sifat koʻrsatkichlarga ega boʻlgan, eksportbop, kasalliklarga chidamli meva shakllarini aniqlash, yangi navlarni yaratish hamda ularni parvarishlashning agrotexnologik asoslarini ishlab chiqish” mavzusi boʻyicha tadqiqotlar olib borilmoqda.

 SAYDALIEV UBAYDULLO

1934 yili tug`ilgan. R. R. Shreder nomli bog`dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tekshrish instituti Farg`ona stansiyasi direktori, qishloq xo`jaligi fanlari nomzodi. 

U.Saydaliyev Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan agronom. U.Saydaliyev 1959-yildan 1987-yilgacha Fargʻona meva-uzumchilik seleksiya stansiyasida rahbar lavozimida ishlagan.

 GRECHKO YARASLAV VLASOVICH

1942 yili tug`ilgan. R.R.Shreder nomli bog`dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tekshrish instituti Farg`ona filiali direktori.

Ya.V.Grechko maʼlumoti oliy. 1976-yildan Fargʻona filialiga ishga kirgan. 1987-1990-yillari Filial direktori lavozimida ishlagan.

RAHMATOV  MAMATQUL  RAXMATOVICH

1933 yili  tug`ilgan. R.R.Shreder nomli bog`dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tekshrish instituti Farg`ona  filiali direktori.

M.R.Rahmatov maʼlumoti oliy. Iqtisod  fanlar  nomzodi. 1990-yildan 2000-yilgacha Fargʻona filiali direktori lavozimida ishlagan.

 

SAIDALIEV ALISHER UBAYDULLAEVICH

1956 yili tug`ilgan. 2000-2011 yillar R.R.Shreder nomli bog`dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tekshrish instituti Farg`ona filiali direktori, qishloq xo`jaligi fanlari nomzodi.

Stansiyada yaratilgan shaftolining “Muyassar”, bexining “Mushk bexi”, oʻrikning “Bobo Radjabiy”, xamda olmaning “Soʻx malikasi” navlari muʼallifi.

QALANDAROV  ABRORXON  AVAZXONOVICH

1980 yili tug`ilgan. 2011-2015yillar R.R.Shreder nomli bog`dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tekshrish instituti Farg`ona filiali direktori.

NORMATOV IKBOLJON ESONALIEVICH

1964 yilda tug`ilgan.  2015 - 2017 yillar Akademik Mahmud Mirzaev nomidagi bog`dorchili, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti Farg`ona ilmiy-tajriba stansiyasi direktori.

MASHRAPOV AXLIDDIN TURSUNALIEVICH

1981 yilda tug`ilgan.  2017 - yildan  Akademik Mahmud Mirzaev nomidagi bog`dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti Farg`ona ilmiy-tajriba stansiyasi direktori.

TUZ ANATOLIY STEPANOVICH

1919 yili tug`ilgan. 1955 yildan boshlab R.R.Shreder nomli O`zbekiston bog`dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy- tekshirish institutining Farg`ona tayanch punktida kichik ilmiy xodim bo`lib mehnat faoliyatini boshlagan.

A.S.Tuz malum,oti oliy. 1951-Yili Toshkent qishloq xo'jaligi institutining meva-sabzavotchilik va uzumchilik fakultetini tugatgan. 1955-yildan boshlab Farg'ona tavanch punktida ilmiy xodiru lavozimida ishlagan. A. S. Tuz ishlagan yillari ilmiy izlanishlar miqiyosi va ko' lami punkti tajriba uchastkalarida 759 navdan iborat kolleksiya  bog' lari vujudga kelgan. O'rikning turli tuman navlaridan iborat kolleksiya bog'larini tashkil qildi. Farg'ona viloyati Quya tumanida birinchi bo'lib, qulupnay ekib o'stirgan odam ham A.S.Tuz bo'ladi.

A. E. YUGAY

1929 yili tug`ilgan. 1957 yildan ishga qabul qilinib, kichik ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, bo`lim boshlig`i vazifalarida ishlagan. 100 ga yaqin shogirdlari bor. Palmetta (intensiv) bog`lar bo`yicha mutaxassis.

A. K. SOKOLOV

1930 yili tug`ilgan. R.R.Shreder nomli bog`dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tekshrish instituti Farg`ona stansiyasi ilmiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari. A.K Sokolov 1970-yil 2-iyun kunidan Farg'ona stansiyasida ilmiy kotib vazifasiga ishga qabul qilingan.Fan bo'yicha direktor o'rinbosori . O'z mehnet foaliyati davrida filialning ilmiy salohiyatini oshirshga katta xissa qo'shgan.

IRISMETOVA INOBATXON

1936 yili tug`ilgan. R.R.Shreder nomli bog`dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tekshrish instituti Farg`ona filiali bo`lim boshlig`i, qishloq xo`jaligi fanlari nomzodi.I.lrismetova 1954-yili Toshkent qishloq xo'jaligi instituti meva-sabzavot va vinochilik fakultetini bitirgan. 1959-yildan 2007-yilgacha Farg'ona bog'dorchilik va uzumchilik tajriba uchastkasi ilmiy xodimi, kichik ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, ilmiy kotib, bo'lim boshlig'i vazifalarida ishlagan. U faoliyati davomida 100 dan oshiq shogirdlar yetishtirgan. Rezavor mevalilardan qulupnayni Farg'ona viloyatida ko'payishiga katta xissa qo'shgan. Tosh - shag'alli yerlarda qulupnay yetishtirish agrotexnikasini ishlab chiqqan.

TOLIPOV ALIJON

1937 yili tug`ilgan. R.R.Shreder nomli bog`dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tekshrish instituti Farg`ona filiali bo`lim boshlig`i.  A.Tolipov 1959-yili stansiyada kichik ilmiy xodim vazifasida ish boshlagan Quva tumanidagi "Anor" mevachilik xo'jaligini tashkil qilishda bosh agranom vazifasida ishlab katta xissa qo'shgan.O'z ishiga talabchan, qattiqqo'l rahbat.Bilimdon, yangilikka intiluvchan xodim bo'lgan.

TURSUNOV ODILJON

1936 yili tug`ilgan. 1961 yili Farg`ona tayanch punktiga ishga kirgan. Ilmiy xodim, bo`lim boshlig`i vazifalarida ishlagan.

AHMEDOV ANVARJON

1937 yili tug`ilgan. 1967 yili ishga qabul qilingan. Laborant, katta laborant, ilmiy xodim bo`lib ishlagan.

OTAJANOV KOMILJON

1938 yili tug`ilgan. Oliy ma’lumotli agranom. 1965 yildan ishga qabul qilingan. O`z mehnat faoliyati davomida ilmiy xodim, bo`lim boshlig`i, bosh agronom vazifalarida ishlagan. K.Otajonov Filialda bogʻdorchilikni rivojlantirish, yangi navlarni olib kelib, koʻpaytirish ustida katta mehnat qilib, oʻz xissasini qoʻshgan.

YUNUSOV YUSUFJON

1940 yili tug`ilgan. Farg`ona viloyati tog` oldi bog`dorchiligi agrotexnikasi yuzasidan ilmiy izlanishlar olib borgan. So`x tayanch punkti tashkil qilingandan to 2006 yilgacha tayanch punkti mudiri bo`lib ishlagan.

ERGASHEV MUHAMMADJON

1940 yili tug`ilgan. 1963 yili ishga qabul qilingan, laborant, kichik ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, bo`lim boshlig`i vazifalarida ishlagan.

MUHAMADALIEV NE’MATJON

1942 yili tug`ilgan. R.R.Shreder nomli bog`dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tekshrish instituti Farg`ona stansiyasi ilmiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari.

DEHQONOV MUHAMMADVALI

1946 yili tug`ilgan. Oliy ma’lumotli. 1970 yili kichik ilmiy xodim, agranom-entomolog, direktor o`rinbosari, katta ilmiy xodim bo`lib ishlagan. Fan yutuqlarini ishlab chiqarishga tadbiq etish boʻlimini boshqargan. Viloyat tumanlarida boʻlib, bogʻ ekish va ularni agrotexnikasi boʻyicha seminarlarda ishtirok etgan.

YULDASHALIEV QO`LDOSHALI

1946 yili tug`ilgan. 1965 yildan 2006 yilgacha ilmiy xodim bo`lib, 1972 yildan 1986 yilgacha katta agranom lavozimida ishlagan. Ko`plab shogirdlar tarbiyalagan.

NE’MATOV ISMOIL

1948 yili tug`ilgan. R.R.Shreder nomli bog`dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tekshrish instituti Farg`ona filiali ilmiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari. Neʼmatov Ismoil 1980-2008-yillari kichik ilmiy xodim, laboratoriya mudiri, ilmiy kotib, fan boʻyicha direktor oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan

QALANDAROV AVAZXON ADILXONOVICH

1949 yili tug`ilgan. 1967 yili ishga qabul qilingan. Laborant, ilmiy xodim, agranom-entomolog, vazifalarida ishlagan.

UMMATOVA NORINISO

1950 yili tug`ilgan. Oliy ma’lumotli agranom. 1976 yili ishga kirgan va ilmiy xodim bo`lib ishlagan.

TESHABOEV ALISHER A’ZAMOVICH

1950 yili tug`ilgan. R.R.Shreder nomli bog`dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy- tekshrish instituti Farg`ona filiali direktorining ilmiy ishlar bo`yicha o`rinbosari. Teshaboyev Alisher Aʼzamovich 2006-2011-yillar filial direktori oʻrinbosari boʻlib ishlagan.

UZGENBOEV MUHAMMADXALIL

1951 yil tug`ilgan. 1970 yili laborant bo`lib ishga kirgan. Ilmiy xodim, katta ilmiy xodim lavozimida ishlab, fan yangiliklari va yutuqlarini ishlab chiqarishga tadbiq qilish bo`yicha mehnat qilgan. 

XAYITOV RASULJON

1951 yili tug`ilgan. Oliy ma’lumotli agranom. 1976 yili ishga kirgan va ilmiy xodim bo`lib 2010 yilgacha ishlagan. R.Xayitov pakana payvandtaglarlar, yaʼni intensiv bogʻdorchilik boʻyicha ilmiy izlanishlar olib borgan.

AKBAROV MUHAMMADXON

1956 yili tug`ilgan. 1970 yili laborant bo`lib ishga kirgan. Oliy ma’lumotli agronom. Ilmiy xodim, bosh agronom, agronom-entomolog bo`lib ishlagan.

YARIEV ABDURAHMON

1958 yili tug`ilgan. R.R.Shreder nomli bog`dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tekshrish instituti Farg`ona filiali direktorining ilmiy ishlar bo`yicha o`rinbosari.

MAHMUDOV ADHAM AZIZOVICH

1959 yili tug`ilgan. 2020- yildan Akademik Mahmud Mirzaev nomidagi bog`dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti Farg`ona ilmiy-tajriba stansiyasi ilmiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari. Qishloq ho`jaligi fanlari nomzodi.

AKBAROV SAIDAHMAD ABDURASHIDOVICH

1959 yili tug`ilgan. 1976 yili ishga kirgan. Oliy ma’lumotli agranom Laborant, kichik ilmiy xodim, katta ilmiy xodim bo`lib, rezavor mevalilarni Farg`ona viloyatida o`stirish, parvarish qilish hamda viloyat uchun navlarni tanlash bo`yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borgan.

RO`ZIEV BOTIRALI QO`ZIEVICH

1970 yili tug`ilgan. Toshkent meva sabzavotchilik texnikumini tamomlagan. 1993 yili laborant bo`lib ishga kirgan. Brigadir, bo`lim boshlig`i, kichik ilmiy xodim vazifalarida 2011 yilgacha  ishlagan.

ESHPO`LATOV SHAVKAT YAXSHIEVICH

1973 yili tug`ilgan. 2011-2015 yillar R.R.Shreder nomli bog`dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tekshrish instituti Farg`ona filialining ilmiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari.

XOLMIRZAEV ABDIMUTAL NISHONOVICH

1950 yili tug`ilgan. Farg`ona ilmiy tajriba stansiyasda bosh iqtisodchi bo`lib ishlagan.

MADALIEV XOSHIM MUSAEVICH 

1960 yili tug`ilgan. 1999-2009 yilar Farg`ona filialida bosh hisobchi bo`lib ishlagan.

TESHABOEV SOLIJON MASHRAPOVICH

1966 yili tug`ilgan. Shaxrixon qishloq xo`jalik texnikumini tamomlagan. 1987 yili laborant bo`lib ishga kirgan. 2009 yildan kichik ilmiy xodim bo`lib ishlab kelmoqda. Behining “Olmabehi” navi hammualllifi.

XOLIQOV BOQISHER BOBOJONOVICH

1966 yili tug`ilgan. Shaxrixon qishloq xo`jalik texnikumini tamomlagan. 1994 yili laborant bo`lib ishga kirgan. 2009 yildan kichik ilmiy xodim bo`lib ishlagan.

O`RINBOEV MO`MINJON TO`XTASINOVICH

1967 yili tug`ilgan. Toshkent meva-sabzavot texnikumini tamomlagan. 1986 yili laborant bo`lib ishga kirgan, katta laborant. 2009 yildan kichik ilmiy xodim bo`lib ishlagan.

MAMADALIEV DAVRONBEK

1985 yil tug`ilgan. 2010-2020 yillar kichik ilmiy xodim lavozimida ishlagan.

ALIEV XAYRULLO XOLMAMATOVICH

1988 yili tug`ilgan. Farg`ona ilmiy tajriba stansiyasida ilmiy xodim, bosh hosilot vazofasida ishlagan. 2021yildan bog`dorchilik va uzumchilik seleksiyasi bo`limi boshlig`i lavozimda ishlab kelmoqda. X.X.Aliyev 2007-2011-yillari Andijon qishlok xoʻjalik instituti talabasi. 2012-yil Akademik M.Mirzayev nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti Fargʻona ilmiy tajriba stansiyasida Fan boʻlimi ilmiy xodimi. 2017-yildan boshlab Akademik M.Mirzayev nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti Fargʻona ilmiy tajriba stansiyasida bosh hosilot. 2021- yildan Seleksiya boʻlimi boshligʻi.